Oʻzbekiston milliy universiteti talabasi 100 mln. sohibi boʻldi
Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Bilim uchun 100 million” olimpiadasining finalida Oʻzbekiston milliy universiteti 4-bosqich talabasi Jahongir Toʻrayev gʻolib boʻldi. Unga 100 million soʻm mukofot topshirildi.
Jahongir Toʻrayev — 2002-yil, 26-yanvarda Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan. U bugungacha oʻndan ziyod xalqaro matematika olimpiadalari sovrindori, akademik T. A. Sarimsoqov nomidagi, akademik T. Qori-Niyoziy nomidagi stipendiyalar sovrindori hamda “Asakabank” AJ tomonidan tashkil etilgan “Yosh Matematik” stipendiyasi gʻolibi boʻlgan. Bu qatorga bugun “Bilim uchun 100 million” olimpiadasi ham qoʻshildi.
Ahamiyatlisi, bu olimpiadada ishtirokchilar uchun yosh chegarasi yoʻq edi. Onlayn bosqichda 250 ming ishtirokchi orasidan “TOP — 100”talikka kirib, finalga chiqqan talabamiz oʻzidan kattalardan oʻtkir bilimli ekanligini isbotladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring