Oʻzbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr arxiv hujjatlaridan 56 ta yigʻmajild oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi
Foto: Халқ сўзи
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻzarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev maʼlum qildi.
2022-yil davomida davlat arxivlari saqloviga vazirlik va idoralar hamda tashkilotlardagi Milliy arxiv fondiga tegishli 195,2 ming saqlov birligidagi boshqaruv hujjatlari qabul qilingan hamda tashkilot va korxonalarning 408,3 ming saqlov birligidagi arxiv hujjatlari shartnoma asosida tartibga keltirilgan.
2022-yil davomida Respublika arxivlariga jami 538 826 ta mavzuli va ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan boʻlib, shundan 83 332 ta mavzuli, 455 494 ta ijtimoiy-huquqiy mazmundagi soʻrovlar kelib tushgan. Shundan 440 373 ta soʻrov ijrosi taʼminlangan. Tashkilot hujjatlari arxiv saqloviga kelib tushmagan va taalluqligi boʻyicha tegishli tashkilotlarga yuborilgan soʻrovlar soni 98 453 tani tashkil etadi.
Davlat arxivlari tomonidan 2023-yil 1-yanvar holatiga jami 880,9 ming saqlov birligidagi 53,0 mln. kadr raqamlashtirilgan. Tasdiqlangan rejaga muvofiq, 2022-yil boshidan 100 ming saqlov birligidagi 15,2 mln. kadr raqamlashtirilgan.
2023-yil 24-yanvar holatiga koʻra davlat arxivlari tomonidan e.arxiv.uz – “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimida jami 45370 ta fond, 39 586 ta roʻyxat, 318 334 saqlov birligi va 57 794 ta hujjat yaratilgan.
Mazkur tizimning joriy qilinishi natijasida Milliy arxiv fondiga kiritilgan arxiv hujjatlarining markazlashgan saqlovini tashkil qilish, tizimga kiritilgan fond, roʻyxat, saqlov birligi, arxiv hujjatlari boʻyicha onlayn ravishda foydalanish imkoniyati yaratilmoqda.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida, “Davlat arxivlarida raqamlashtirilayotgan hujjatlarni yagona saqlovini taʼminlash hamda ulardan foydalanish” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni, shu jumladan fond, roʻyxat va saqlov birligi boʻyicha arxiv hujjatlarni qidirish servisi doc.arxiv.uz joriy qilindi. Ushbu hujjatlarni qidiruv tizimidan bugungi kundan dastlabki bosqichda foydalanish mumkin.
Maxfiylikdan chiqarish yoʻnalishida ham tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda va tadqiqotchilar uchun hujjatlar ochiq fondga oʻtkazilgan holda foydalanish uchun taqdim etilmoqda.
Oʻzbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr (1917-yilgacha) boʻlgan arxiv hujjatlaridan 10 ta fonddan jami 56 ta yigʻmajild oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.
Jumladan I-1 «Канселярия Туркестанского генерал губернатора» (1868-1917й.) фондининг 26-та: И-3 «Российское императорское политическое агентство в Бухаре»; И-5 «Канселярия началника Зеравшанского округа», И-16 «Управление переселенческим делом в Сыр-Даринском районе» ; И-19 «Ферганское областное управление», И-46 «Управление Туркестанского таможенного округа»; И-194 «Патта Гисарская таможня», И-278 «Товарищ прокурора Самаркандского окружного суда по Самаркандскому участку», И-715 «Подготовителные материалы к составленной полковником А.Г.Серебренниковым публикатсии документов «Туркестанский край. Сборник материалов для истории его завоевания» vа И-722 «Штаб Туркестанского военного округа» fondlaridagi 56 ta yigʻmajildlari oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi va tadqiqotchilar uchun ilmiy muomalaga kiritildi.
Shuningdek, R-314 «Уполномоченный управления по эвакуатсии населения при Совете Народных Комиссаров УзССР» fondi va R-837 «Совет Народных Комиссаров УзССР» fondlarining 603 ta varaqdan iborat arxiv hujjatlari oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.
Bugungi kunda foydalanuvchilar ushbu hujjatlardan hech qanday toʻsiqsiz foydalanishlari mumkin.
2022-yil davomida 290 ta vazirlik, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlarda arxiv ishi boʻyicha davlat nazorati tadbirlari oʻtkazilgan;
oʻtkazilgan tekshirish natijasida arxiv ishiga masʼul xodimlarning 10 nafariga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzilib, tegishli sud organlariga yuborilgan;
4 ta oʻtkazilgan tekshirishlar boʻyicha toʻplangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan;
qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligini bartaraf qilish haqida 218 ta koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritilgan.
Bundan tashqari “Oʻzarxiv” agentligi tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida quyidagi chora tadbirlar olib borilmoqda.
Birinchidan: “Elektron hukumat” tizimining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazida davlat arxivlari faoliyatiga joriy etiladigan axborot tizimlari va resurslari, dasturiy taʼminotlar va elektron reyestrlar maʼlumotlarini belgilangan tartibda zaxiralashni tashkil qilish ustida ish olib borilmoqda.
Buning natijasida Arxiv sohasidagi axborot tizimlari va resurslari, raqamlashtirilgan arxiv hujjatlarining markazlashgan holda maʼlumotlar banki elektron hukumat tizimi doirasida ishlov berilishi, saqlanishi, zaxiralanishi va xizmat koʻrsatilishi tashkil qilinadi.
Ikkinchidan: “Arxiv.gov.uz” idoraviy elektron arxiv axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish ustida ishlar olib borilmoqda.
Bundan kutilayotgan natija: Vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlarda saqlanayotgan idoraviy arxiv hujjatlarini davlat arxivlariga elektron shaklda qabul qilish va tezkor ishlov berish imkoniyati yaratiladi.
Uchinchidan: Oʻzbekiston milliy arxivlarida arxiv hujjatlarini zamonaviy raqamlashtirish uskunalar bilan jihozlash rejalashtirilmoqda.
Buning natijasida arxiv hujjatlarining raqamlashtirish ishlarining sifati va koʻlamini oshirishga erishiladi. Aholiga tezkor ravishda onlayn arxiv xizmatlarini koʻrsatish, hujjatlarning elektron nusxalarini taqdim kabi bir qator qulayliklar yaratiladi.
Toʻrtinchidan: Arxiv ishi va ish yuritish sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tizimlashtirilmoqda. Bunda korrupsiyaviy omillar, byurokratik toʻsiqlar va amaliyotda ishlamayotgan normalar bartaraf qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring