Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi. Boshqalar-chi?
Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat sifatida qayd etildi. U reytingdagi Qozogʻiston va Qirgʻiz respublikasidan xavfsizroq deb topilgan. Reyting xalqaro “Numbeo” portali tomonidan 2024-yilning birinchi yarmi uchun eʼlon qilindi.
146 ta davlat ichida oʻtkazilgan jinoyatchilik va xavfsizlik indekslari asosida tuzilgan roʻyxatda Oʻzbekiston 120-oʻrinni egallagan. Jinoyat indeksida 29 ball, xavfsizlik indeksida 71 ball bilan Oʻzbekiston xavfsizlik boʻyicha mintaqaviy yetakchi sifatida qayd etildi.
Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, xususan, Qozogʻiston jinoyat indeksi boʻyicha 45.6 va xavfsizlik boʻyicha 54.4 ball, Qirgʻiziston esa mos ravishda 54.1 va 45.9 ball toʻplagan. Turkmaniston va Tojikiston esa ushbu reytingga kiritilmagan.
“Numbeo” portali shaharlar va mamlakatlar haqidagi dunyodagi eng yirik maʼlumotlar bazasi hisoblanib, bunday reytinglarni aholi va tashrif buyuruvchilarning fikri asosida shakllantiradi.
Portal turli omillar, jumladan, jinoyatchilik darajasi, sogʻliqni saqlash, yashash narxi va yoʻl harakati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplaydi va butun dunyo boʻylab yashash sharoitlarining toʻliq koʻrinishini taqdim etadi.
Avvalroq, yangi milliy turizm brendi yaratilishi boʻyicha Prezident Farmoni imzolangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring