Oʻzbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova vafot etdi

13:24 02 Fevral 2022 Jamiyat
1183 0

Oʻzbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova vafot etdi. Viloyat Oqilova 1937-yilda mashhur sanʼatkor, raqs sanʼati dargʻasi, Oʻzbekiston xalq artisti Isaxor Oqilov oilasida dunyoga kelgan.

Raqqosa sifatidagi faoliyati davomida “Zang”, “Larzon”, “Shodlik”, “Xorazm lazgisi”, “Pomir raqsi”, “Afgʻoncha”, “Dilrabo”, “Shodiyona” kabi koʻplab raqslarni mahorat bilan ijro etib, mutaxassislar va xalqimiz eʼtirofiga sazovor boʻlgan.

Viloyat Oqilova baletmeyster sifatida “Chorzarb”, «Samandariy», “Buxoro toʻlqini”, «Tanovor 2», “Surnay lazgisi”, «Mavrigi» kabi qator raqslarni sahnalashtirib, oʻziga xos maktab yarata olgan sanʼat dargʻalaridan biri edi.

“Xalq soʻzi” va “Народное слово” gazetalari tahririyati nomidan marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?