Oʻzbekiston yoʻllarda oʻlim holatlarini nolga tushirish strategiyasini amalga oshiradi
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekistonda yoʻllardagi oʻlim holatlarini nolga tushirishni nazarda tutuvchi Vision Zero strategiyasini amalga oshiradi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi Bekmurod Abdullayev maʼlum qildi, deb yozadi “Gazeta”.
Oʻzbekiston mutaxassislari yoʻl-transport hodisalarining oldini olish boʻyicha Shvetsiya, Germaniya, Norvegiya, AQSH, Janubiy Koreya, Kanada, Turkiya, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari kabi 10 dan ortiq davlat tajribasini oʻrgandi.
«Avvalambor yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, davlat standartlari bilan bogʻliq holda uni oʻzgartirish boʻyicha Shvetsiya tajribasini joriy qilyapmiz. Aynan fuqarolarning yoʻllarni belgilangan joyidan oʻtishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishimiz kerak. Ikkinchidan fuqarolarimizning oʻzidagi madaniyati shakllantirish, javobgarlik masalalari boʻyicha hozir taklif kiritganmiz. Hozirda Janubiy Koreya tajribasini oʻrgangan holda (YHX) avtoulovlarimiz «migalka»lariga kamera oʻrnatyapmiz, aynan fuqarolar belgilanmagan joydan oʻtish paytida suratga oladi va ularga toʻgʻridan-toʻgʻri avtomobilga yuborganday jarima qoʻllash masalasi taklif qilib kiritilgan», — dedi Bekmurod Abdullayev.
Taʼkidlanishicha, mazkur tajribadan foydalanib, milliy qonunchilik va shart-sharoitlarni hisobga olgan holda Fargʻona viloyati misolida “Ravon yoʻl” konsepsiyasi ishlab chiqildi.
“Baxtsiz hodisalar koʻp boʻlgani uchun Fargʻona viloyatini tanladik. Oxirgi uch oyda umumiy baxtsiz hodisalar soni 30 foizga, ularda halok boʻlganlar soni 21 foizga, jarohatlanganlar 32 foizga kamaydi. Piyodalar ishtirokidagi YTHlar soni 37 foizga, oʻlim holatlari 28 foizga, jarohatlanganlar 38 foizga kamaydi”, — dedi Abdullayev.
Strategiyani amalga oshirish boʻyicha memorandum Toshkent, Andijon, Namangan, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari tomonidan imzolandi.
“Eng avvalo, Shvetsiyaning yoʻl infratuzilmasini yaxshilash, uni davlat standartlari bilan uygʻunlashtirish boʻyicha tajribasi hayotga tatbiq etilmoqda”, — dedi Bekmurod Abdullayev.
Bundan tashqari, Janubiy Koreya tajribasidan kelib chiqqan holda, SBDD avtomobillarining koʻchani notoʻgʻri joyda kesib oʻtayotgan piyodalarni suratga oladigan kameralar kiritilishi mumkin, shundan soʻng ular avtomatik tarzda jarima bayonnomasini tuzadi.
Bekmurod Abdullayevning qoʻshimcha qilishicha, 380 maktab va 170 bogʻchada yoʻl harakati qoidalarini oʻrganish uchun xona va maydonchalar yaratilgan.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva bolalarni yoʻl harakati qoidalariga bolalikdan oʻrgatish zarurligini taʼkidladi.
“Ichki ishlar organlari xodimlari barcha muassasalarni qamrab ololmaydilar. Shuning uchun bolalarga taʼlim beradigan pedagog va oʻqituvchilarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish, oʻquv qoʻllanmalarini ishlab chiqish kerak”, — dedi Tanzila Narbayeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring