Oʻzbekiston ilk bor UNODC Yoshlar forumida ishtirok etdi
12-14-mart kunlari Oʻzbekiston yoshlari Giyohvand moddalar boʻyicha komissiyaning (CND) 67-sessiyasi doirasida BMTning Yoshlar tashabbusi tomonidan tashkil etilgan yillik forumida ilk bor ishtirok etdi.
Tadbirda dunyoning 27 davlatidan 35 nafar yosh ishtirokchi qatnashib, unda giyohvandlikning oldini olish va yoshlar salomatligini mustahkamlash borasidagi muhim masalalar muhokama qilindi.
Yoshlar forumi dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan yosh yetakchilarning oʻzaro fikr va tajribalarini almashish maydoniga aylandi. Oʻzbekistonlik ishtirokchilar yangi konsepsiya va tashabbuslardan qoyil qolishdi hamda turli mamlakatlardagi tengdoshlari bilan muloqot qilish imkoniyatidan bahramand boʻlishdi.
BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi ijrochi direktori Gada Vali yosh yetakchilarni samimiy qutlab, ularni ushbu forumdan bilim olish va oʻzaro muloqot qilish uchun foydalanishga undadi. Siyosat tahlili va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi direktori Jan-Lyuk Lemaxe ham ushbu tadbirning yoshlar tashabbuslarini rivojlantirishdagi ahamiyatini alohida taʼkidladi.
Oʻzbekiston yoshlarining forumda ishtirok etishi Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq yanada sogʻlom va xavfsiz jamiyat yaratishga hissa qoʻshadi. Bu, shuningdek, yoshlarning global muammolarni hal etishda faol ishtirok etish, umumiy maqsadlarga erishish uchun tajriba almashish istagini yana bir bor tasdiqlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring