Oʻzbekiston ASEAN doʻstlik va hamkorlik shartnomasiga qoʻshiladi
Malayziyada oʻtkazilgan uchrashuvda Oʻzbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN)ning Janubi–Sharqiy Osiyoda doʻstlik va hamkorlik shartnomasiga qoʻshilish boʻyicha arizasi maʼqullandi. Bu haqda “Dunyo“ axborot agentligi xabar berdi.
Oʻzbekistonning ASEANning Janubi–Sharqiy Osiyoda doʻstlik va hamkorlik shartnomasiga qoʻshilish tashabbusi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi.
Qariyb bir yillik tayyorgarlik jarayonlari va muzokaralardan soʻng, Kuala Lumpur shahrida Malayziya raisligida boʻlib oʻtgan ASEAN Tashqi ishlar vazirlarining yigʻilishida tashkilotga aʼzo barcha davlatlar Oʻzbekistonning ushbu shartnomaga qoʻshilish boʻyicha arizasini maʼqullagan.
Janubi-Sharqiy Osiyoda doʻstlik va hamkorlik shartnomasi 1976-yil 24-fevralida Indoneziyaning Bali shahrida imzolangan boʻlib, ASEAN mintaqasidagi oʻzaro hamkorlikning asosiy tamoyillarini belgilab beruvchi muhim hujjat, deb tan olinadi.
Oʻz navbatida, ASEAN mintaqasi Janubi-Sharqiy Osiyoning 11 davlatini oʻz ichiga olgan va 700 million nafarga yaqin aholiga ega boʻlgan yirik bozor hisoblanadi.
Oʻzbekistonning mazkur shartnomaga qoʻshilishi mamlakatimiz uchun ushbu mintaqada yangi imkoniyatlarni ochadi. Bunda, nafaqat davlat va davlat oʻrtasidagi G2G hamkorlik, balki savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning yanada faollashishiga, yirik xorijiy korxonalarning ishonchi ortishiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring