Oʻzbekiston — Afgʻoniston: “Hayraton — Mozori-Sharif” temir yoʻlidan foydalanish borasida yangi kelishuv imzolandi

16:00 12 Fevral 2023 Jamiyat
910 0

2023-yil 12-fevral kuni Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi va “Sogdiana trans” SHK oʻrtasida “Hayraton — Mozori-Sharif” temir yoʻlida ekspluatatsiya ishlarini davom ettirish toʻgʻrisida yangi kelishuv imzolandi. Unga koʻra, “Sogdiana trans” yana ikki yil davomida oʻz faoliyatini davom ettiradi.

Shuningdek, tomonlar birgalikda “Mozori Sharif” bekatiga yuklarni yetkazib berishni tezlashtirishni kelishib oldi.

Bundan tashqari, Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasining mahalliy mutaxassislarini tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilishi belgilandi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xabariga koʻra, 10−11-fevral kunlari Afgʻonistonga 714 ta yuk vagoni yetkazilgan. Bugungi kunga qadar yuklarni yetkazib berish davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер