Oʻzbekiston 2020-yilda inqirozni chetlab oʻtgan dunyodagi sanoqli mamlakatlardan biri — “Le Figaro”
2021-yilning 6-yanvar kuni Fransiyaning yetakchi nashri boʻlgan “Le Figaro” gazetasida “2020-yilda inqirozni chetlab oʻtgan davlatlar" sarlavhali maqola eʼlon qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasining Parijdagi elchixonasi tomonidan maʼlum qilinishicha, unda Oʻzbekiston Respublikasi 2020-yilda koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq inqirozni chetlab oʻtgan dunyodagi sanoqli mamlakatlardan biri sifatida qayd etilgan.
Maqolada taʼkidlanishicha, Jahon banki sayyoramiz boʻyicha yalpi ichki mahsulot 4 foiz kamayganligini maʼlum qilgan. Oʻtgan yili butun dunyo miqyosida yuz bergan inqiroz ikkita Jahon urushi davridan buyon kuzatilmagan. Yevropadan Amerikagacha, Afrikadan Osiyogacha birorta qitʼa bu tarixiy shokdan qochib qutula olmadi. “Le Figaro” maʼlumotiga koʻra, faqat bir necha mamlakatgina sinovlarga boy boʻlgan 2020-yilda iqtisodiy oʻsishga erishib, bunday “dunyo miqyosidagi boʻhron”ga dosh bera oldi.
Jurnalist Armel Boxinyost Markaziy Osiyoning uchta davlati, jumladan, Oʻzbekiston 2020-yilda iqtisodiyotda ijobiy faollikni namoyish qilganligini qayd etadi.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi eʼtirofiga koʻra, «Oʻzbekiston rahbariyati tezkor choralar koʻra oldi, xususan, ijtimoiy ehtiyojlar va sogʻliqni saqlashga ajratiladigan mablagʻlarni oshirdi, kichik va oʻrta biznes korxonalari COVID-19ga qarshi tura olishlari uchun katta yordam koʻrsatildi».
Boy tabiiy resurslarga (tabiiy gaz, metall, oʻgʻitlar, paxta) va yuksak turistik salohiyatga ega Oʻzbekiston rahbari keyingi yillarda mamlakatni 2016-yilgacha boʻlgan “qatʼiy boshqaruv” modelidan olib chiqishga qaratilgan ulkan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda, — deyiladi maqolada.
“Le Figaro«da xabar berilishicha, Jahon banki Xitoy, Turkiya, Vyetnam va boshqalardan iborat jami 22 ta mamlakatni 2020-yilda inqirozni chetlab oʻtgan davlatlar qatoriga kiritgan.
“Le Figaro” — Fransiyaning yetakchi nashri boʻlib, u 1826-yilda taʼsis etilgan. Raqamli axborotlar sohasida muhim ishtirokchi hisoblanadi. Yangiliklar tarqatuvchi saytlar orasida yetakchi mavqeda boʻlib, uning axborotlaridan har oy 23,5 millionga yaqin odamlar foydalanadi. Gazeta adadi 329 ming nusxani tashkil etadi.
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring