“Oʻzbekgidroenergo” AJ va “China Southern Power Grid International” kompaniyasi oʻrtasida 1 mlrd. dollarga teng kelishuv imzolandi

11:27 18 Oktyabr 2023 Iqtisodiyot
373 0

Xitoy Xalq Respublikasi poytaxti Pekin shahrida boʻlib oʻtayotgan “Bir makon, bir yoʻl” uchinchi xalqaro forumi doirasida “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamda “China Southern Power Grid International” kompaniyasi oʻrtasida Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanida joylashgan quvvati 600 MVt ga teng, umumiy qiymati 1 milliard dollar boʻlgan “Yuqori Pskem” GTES (Gidro toʻplash elektr stansiyasi) istiqbolli loyihasini birgalikda amalga oshirish boʻyicha JDA kelishuvi (joint development agreement – birgalikda rivojlantirish shartnomasi) ni imzolashga erishildi.

Bu haqda “Oʻzbekgidroenergo” AJ axborot xizmati maʼlum qildi.

Tadbirda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston energetika vazirlari, “Oʻzbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Fozil Maxmudov hamda “China Southern Power Grid International” kompaniyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?