“O‘zbekgidroenergo” AJ — mintaqaning ESG yetakchilari cho‘qqisida

16:02 24 Dekabr 2024 Jamiyat
144 0

Sustainable Fitch (London): Sustainable Fitch “O‘zbekgidroenergo” AJning ESG Entity Rating “2” (yaxshi) darajasida tasdiqlanganini e’lon qildi va uning bahosini 65 dan 72 ga oshirdi.

Ushbu tasdiq gidroenergiya ishlab chiqarish orqali iqlim o‘zgarishini yumshatishga katta hissa qo‘shgan ijobiy ekologik ta’sirni va boshqaruv tuzilmasi hamda 2023-yilda ijtimoiy ko‘rsatkichlardagi yaxshilanishlarni aks ettiradi. Ahamiyatli jihati, bu 7 ballik sezilarli o‘sish AJni Markaziy Osiyodagi eng yuqori bahoga ega bo‘lgan kompaniyaga aylantirdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur reytingga “O‘zbekgidroenergo” AJ faoliyatining 2023-yil uchun Barqaror rivojlanish hisobotini tayyorlashda xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilmasdan, o‘z kuchi bilan — Jamiyat mutaxassislarining faol sa’y-harakatlari hamda bilim va malakasi tufayli erishildi.

“O‘zbekgidroenergo” AJning o‘z quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari BMTning BRM (SDG) 7.2 bandi (Renewable Energy)ga — qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirishga katta hissa qo‘shadi.

Ma’lumot uchun, “Sustainable Fitch”ning ESG reytinglari ekologik, ijtimoiy va boshqaruv samaradorligini barcha aktiv turlarida, shu jumladan, tashkilot, platforma va instrument darajasida baholash uchun global yechim taklif qiladi. ESG moliyaviy jamiyatiga yaxshiroq va asosli qarorlar qabul qilishda yordam beradi.

Reytinglar ekologik va ijtimoiy mezonlarni kompaniyaning biznesi, strategiyasi va boshqaruviga integratsiyalash darajasini hamda boshqaruvning samaradorligini aks ettiradi. Ushbu reytinglar “1” dan “5” gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholanadi, bu yerda “1” eng yaxshi, “5” esa eng yomon natija hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер