Oʻzbek turkman sozin navosi oʻxshash...

20:01 28 Iyul 2023 Jamiyat
395 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Oʻzbek va turkman xalqlari azaldan bir daryodan suv ichib, tinch-totuv, ahil-inoq yashab kelgan. Xalqlarimizni yagona tarix, mushtarak madaniyat va qadriyatlar, oʻxshash til va urf-odatlar birlashtirib turadi. Bugungi kunda ham viloyatda turli millat vakillari bilan hamjihatlikda yashab kelmoqdamiz.

Viloyatda istiqomat qilayotgan oʻn ming nafarga yaqin turkmanlarning boshqa millat va elat vakillari singari munosib turmush kechirishi, milliy qadriyatlarini asrab-avaylashi va rivojlantirishi, farzandlarining taʼlim olishi, isteʼdod hamda salohiyatini keng namoyon etishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Milliy madaniy markazimiz vohada tashkil etilayotgan bayram tadbirlari, doʻstlik festivallari va koʻrik-tanlovlarda faol qatnashib keladi. Prezidentimiz tashabbusi bilan Urganch tumanining Gʻoybu qishlogʻida joylashgan “Ulli hovli” tarixiy majmuasi yonida “Oʻzbek—turkman doʻstlik uyi” barpo etildi. Ulugʻ shoir Maxtumquli Firogʻiyning haykali qad rostladi.

Bugungi kunda “Oʻzbek—turkman doʻstlik uyi” majmuasida tashkil etilgan tarixiy yodgorliklar muzeyidan mahalliy va xorijiy sayyohlarning qadami uzilmaydi. Majmuada tashkil etilgan kutubxonada oʻzbek va turkman adiblarining eng nodir asarlari jamlangan. Qayta taʼmirlangan “Ulli hovli” tarixiy majmuasi esa turkmanlarning yashash tarzi, tarixi va buguni bilan tanishish imkonini beradi. Majmuada oʻtkazilayotgan turli festival va koʻrgazmalar orqali viloyatning turizm salohiyati keng targʻib qilinmoqda.

          Davlatnazar RAJABOV,

Xorazm viloyati “Oʻzbek – Turkman” doʻstlik jamiyati raisi, “Doʻstlik” ordeni sohibi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?