Oʻzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan mobil ilova yaratiladi

10:19 29 Noyabr 2023 Jamiyat
138 0

“Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–380-son, 28.11.2023-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan jahonda mashhur 1000 ta kitob oʻzbek tiliga tarjima qilinib, “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi amalga oshiriladi.

 Kitoblarni tarjima qilish va nashr etish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqichda – Ekspertlar kengashi tomonidan har yili kitoblarning dastlabki roʻyxati shakllantiriladi;

2-bosqichda – aholi tomonidan ovoz berish yoʻli bilan tanlab olish uchun dastlabki roʻyxat Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimlariga joylashtiriladi hamda bu orqali yakuniy roʻyxat shakllantiriladi.

Loyiha doirasida har yili nashr etiladigan kitoblar roʻyxatiga kamida 20 foiz ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.

2023–2024-yillarda dastlabki tanlangan 50 nomdagi kitobni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish choralari koʻriladi.

Kitoblarni tarjima qilish, nashrga tayyorlash va chop etish bilan bogʻliq davlat xaridlari talabgorlar oʻrtasida eng yaxshi takliflarni tanlash hamda tender oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Oʻzbek tilidagi adabiyotlar jamlanadigan va aholi tomonidan bepul foydalaniladigan maxsus mobil ilova yaratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер