Oʻzbek milliy maqom sanʼati markaziga direktor tayinlandi
Foto: Madaniyat vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining tegishli buyrugʻiga asosan, Farrux Yunusov Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Bosh direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu tayinlov jamoaga Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda eʼlon qilingan. Yigʻilishda Markazning markaziy apparati xodimlari hamda Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli ijodiy jamoasi ishtirok etgan.
Yigʻilish davomida Bahodir Ahmedov Farrux Yunusovni tabriklab, maqom sanʼati yoʻnalishida yangi tashabbus va amaliy yondashuvlarni amalga oshirishini taʼkidlagan. Shuningdek, oʻzbek milliy sanʼatini targʻib etishda tizimli loyihalar ustida ishlash boʻyicha tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan.
Maʼlumot uchun, Farrux Yunusov faoliyati davomida Madaniyat vazirligi tizimidagi turli muassasalarda –“Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi va Madaniyat vazirligining markaziy apparatining ijodiy va tashkiliy lavozimlarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u tayinlovga qadar Madaniyat vazirligining Ijodkor yoshlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring