«Oʻzarxiv» agentligi tomonidan 130 ta vazirlik va idorada arxiv ishi va ish yuritish holati ustidan davlat nazorati oʻtkazildi

14:10 15 Avgust 2022 Jamiyat
464 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda «Oʻzarxiv» agentligi axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev maʼlum qildi.

Tekshirishlarning 14 tasi Agentlik tomonidan, 125 tasi arxiv ishi hududiy boshqarmalari tomonidan, shulardan 138 tasi rejaga muvofiq, 1 tasi prokuratura organining tashabbusi bilan oʻtkazilgan.

Toshkent Farmatsevtika institutida va Jizzax viloyati davlat arxivida oʻtkazilgan tekshirishlar boʻyicha toʻplangan materiallar prokuratura organlariga taqdim etilgan va Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tekshirishlar natijasida tashkilot va korxonalarda saqlanayotgan Milliy arxiv fondiga kiritilgan idoraviy saqlov muddati tugagan 100 ming saqlov birligidan ziyod arxiv hujjati tegishli davlat arxivlariga topshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?