“Oʻzarxiv” agentligi biryoʻla ikkita xalqaro sertifikatga ega boʻldi
Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi ISO 9001:2015 sifat standarti boʻyicha xalqaro sertifikat va korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatlarini oldi.
Ushbu sertifikatlar agentlik faoliyatining barcha yoʻnalishlarini qamrab oladi. ISO 9001:2015 sifat boshqaruvi tizimi boʻyicha ish faoliyati jarayonlari va ularning natijasini baholash mezonlari ishlab chiqildi.
Unga koʻra, har yarim yillik yakuni boʻyicha vazirlik ish faoliyati jarayonlari va ularning natijalari oldindan belgilangan mezonlarga koʻra baholab boriladi. ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati korrupsiya holatlarining oldini olish, aniqlash, zarur choralarni koʻrish hamda korrupsiya xavfini kamaytirishga yoʻnaltirilgan maqbul va aniq mezonli chora-tadbirlarni nazarda tutadi.
“Oʻzarxiv” agentligi boshqaruv faoliyatiga ISO 9001:2015 hamda ISO 37001:2016 xalqaro standartlarini joriy etish boʻyicha siyosat ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.
“Oʻzarxiv” agentligi boshqaruv faoliyatiga “ISO 9001:2015 va ISO 37001:2016 xalqaro standartlari boʻyicha boshqaruv tizimini ishlab chiqish” yuzasidan 2022-yil 22-25-noyabr kunlari oʻqitish kursi tashkil etilib, ushbu kursda 21 nafar tinglovchi ishtirok etib, oʻqish yakunida test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan xodimlarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
“Oʻzarxiv” agentligining Arxiv ishi sohasi boshqaruvi – xalqaro standartlar talablariga muvofiq deb topildi.
9-iyun - Xalqaro arxivlar kuni ushbu sertifikatlar “Oʻzarxiv” agentligi direktori Ulugʻbek Yusupovga “CERT International” masuʼllari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Bu boradagi kompleks ishlar hali davom etmoqda. Har yili mazkur sertifikatga muvofiqlik darajasi xalqaro tashkilotlar tomonidan audit qilib boriladi.
Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentlinining korrupsiyaga qarshi siyosatida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni toʻliq amalga oshirish orqali arxiv muassasalarini korrupsiyasiz sohaga aylantirish ustuvor vazifalardandir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring