Oʻt ochishni toʻxtatish ham Ukrainaga umid uygʻotmayapti
Foto: AP
Oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi Ukraina uchun falokat boʻlishi mumkinmi? Ushbu savol Ukraina frontidagi bunkerlar va qamalda qolgan shahar xarobalarida tez-tez takrorlanadi. 66-mexanizatsiyalashgan brigadaning batalyon komandiri Volodimir Sablin Ukrainaning jang maydonidagi vaziyat haqida mulohaza yuritdi.
“Agar hozir oʻt ochishni toʻxtatishga kelishilsa, bu biz uchun yanada yomonlashadi, chunki dushman qayta kuch toʻplaydi va yana hujum qiladi”, — dedi Sablin CNN telekanaliga.
U armiya safiga 2015-yil fevralida, Rossiya Doneskning Debalsevo shahrini egallab olganida qoʻshilgan edi. Sablin Rossiya bilan toʻqnashuvlarning bir qancha issiq-sovugʻini tatib koʻrgan.
Hozir Moskva qoʻshinlari muhim harbiy markaz boʻlgan Pokrovsk tomon oldinga siljimoqda. Endi asosiy umid Yevropa va NATO qoʻshinlarining Kiyevga tinchlikparvar kuch sifatida kirishi boʻlib turibdi. Yevropa mudofaa rasmiysi CNNga yaqinda shunga oʻxshash yordam haqida faol muhokamalar boʻlganini taʼkidlagan. AQSH maʼmuriyatining rejalari ham shunga yaqin hisoblanadi.
“Agar NATO Ukrainaga qoʻshin yubora olsa, bu Ukraina xavfsizligining kafolati boʻlar edi. Rossiya hech kimdan qoʻrqmasa ham Amerika va NATOdan qoʻrqadi”, — deydi Sablin.
“Oʻt ochishni toʻxtatish ehtimoli bor-yoʻgʻi 30 foizga teng. Chunki frontdagi vaziyat sulh boʻlishini koʻra oladigan darajada emas. Hammasi juda qiyin”, — dedi Viktor ismli askar.
Yana bir Andrey ismli harbiy “Menimcha, urush toʻxtatilishi 40 foizga teng. Boshqa tomon gʻalaba qozonmoqda, hududlarni egallab turibdi. Umuman olganda, bizning aytarli hech narsamiz yoʻq”, — deya qoʻshimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring