Osiyo chempionida 77,5 million yevro, “Al-Xilol“ va “Al-Nassr“da 100 million yevro xarajat

10-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Professional ligasi klublari uchun yozgi transferlar oynasi yopildi. Ushbu transferlar oynasida Saudiya Arabistonining grand jamoalari umumiy hisobda 600 million yevrodan ortiq mablagʻ sarfladi.
Bugun Saudiya Arabistoni grandlarining yozgi transferlar oynasidagi xaridlari bilan tanishamiz.
“Al-Xilol“
- Darvin Nunyes — “Liverpul“ klubining urugvaylik hujumchisi 53 million yevro evaziga sotib olindi;
- Teo Ernandes — “Milan“ klubi himoyachisi 25 million yevro evaziga xarid qilindi;
- Yusuf Akchichek — turkiyalik yosh iqtidorli futbolchilardan biri. Ayni vaqtda 19 yoshda. “Fenerbaxche“ klubidan 22 million yevro evaziga transfer qilindi;
- Ali Lajami — saudiyalik mahalliy futbolchi. “Al-Nassr“ klubidan 1 million dollarga xarid qilindi;
- Matyo Patuye — Fransiya yoshlar terma jamoasi darvozaboni. “Lion“ jamoasidan 300 ming yevrogʻa sotib olindi.
Umumiy hisobda “Al-Xilol“ klubi yozgi transferlar oynasida 101,3 million yevro sarfladi. Futbolchisi Musab Al-Juvayrni 11,5 million yevroga sotdi. Jamoaning transferlar oynasidagi sof sarfi 89,8 million yevrodan iborat.
“Al-Ahli“
- Enzo Millot — Fransiya yoshlar terma jamoasi futbolchisi. Germaniyaning “Shtutgart“ klubidan 30 million yevroga xarid qilindi;
- Valentin Atangana — Fransiya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. “Reyms“ klubidan 25 million yevroga sotib olindi;
- Mateus Gonsalves — Braziliya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. “Flamengo“ klubidan 9 million yevroga transfer qilindi;
- Muhammad Abdurahmon — Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasi aʼzosi. “Al-Ettifoq“ jamoasidan 6 million yevroga xarid qilindi;
- Abdulla Al-Xaybari — saudiyalik tajribali futbolchi. “Al-Riyod“ jamoasidan 3 million yevroga sotib olindi.
Umumiy hisobda “Al-Ahli“ yozgi transferlari uchun 77,5 million yevro sarfladi. Veyga, Maksimin, Firmino, Aleksandr kabi futbolchilarini 39,3 million yevroga sotdi. Jamoaning transferlar oynasidagi sof sarfi 38,3 million yevroni tashkil etdi.
“Al-Ittihod“
- Rojer Fernandes — Portugaliya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. “Braga“ klubidan 32 million yevroga xarid qilindi;
- Maxamadu Dumbiya — Mali terma jamoasi aʼzosi. Belgiyaning “Royal Antverpen“ klubidan 16 million yevroga transfer qilindi;
- Ahmad Al-Julaydan — Saudiya Arabistoni yoshlar terma jamoasi aʼzosi. “Al-Foteh“ klubidan 11 million yevroga sotib olindi;
- Hamed Al-Gʻamdi — saudiyalik tajribali futbolchi. “Al-Ettifoq“ klubidan 9 million yevroga transfer qilindi.
Umumiy hisobda “Al-Ittihod“ klubi yozgi transferlar oynasida 74,1 million yevro sarfladi. Jamoa birorta futbolchisini transfer qilmadi. Demak, jamoaning umumiy sarfi ham 74,1 million yevrodan iborat.
“Al-Nassr“
- Moxamed Simakan — fransuz markaziy himoyachisi. Germaniyaning “Leypsig“ jamoasidan 35 million yevroga sotib olindi;
- Joao Feliks — Portugaliya terma jamoasi aʼzosi. “Chelsi“ klubidan 30 million yevroga xarid qilindi;
- Kingsli Koman — Fransiya terma jamoasi aʼzosi. Germaniyaning “Bavariya“ klubidan 25 million yevroga transfer qilindi;
- Saad Al-Nosir — saudiyalik qanot himoyachisi. “Al-Taavon“ klubidan 10 million yevroga sotib olindi;
- Xarun Kamara — saudiyalik markaziy hujumchi. “Al-Shabab“ klubidan 3,4 million yevroga xarid qilindi;
- Abdulmalik Al-Jaber — Saudiya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. Bosniyaning “Jeleznikar“ klubidan 1,8 million yevroga transfer qilindi.
Umumiy hisobda “Al-Nassr“ klubi yozgi transferlar oynasida 105 million yevro sarfladi. Jamoa Laport, Lajami, Namer, Al-Faraj kabi futbolchilarini 11,6 million yevroga sotdi. Jamoaning transferlar oynasidagi sof sarfi 93,3 million yevroni tashkil etdi.
“Al-Qadsiya“
- Mateo Retegi — italiyalik hujumchi. Oʻtgan mavsum A seriya toʻpurari. “Atalanta“ jamoasidan 68,25 million yevroga sotib olindi;
- Kristofer Bonsu — ganalik qanot vingeri. Belgiyaning “Genk“ jamoasidan 17 million yevro evaziga transfer qilindi.
- Gabriel Karvalyo – Braziliya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. “Internatsional“ klubidan 15,6 million yevroga xarid qilindi;
- Musab Al-Juvayr – Saudiya Arabistoni terma jamoasi aʼzosi. “Al-Hilol“ klubidan 11,5 million yevro evaziga transfer qilindi;
- Julian Vaygl – Germaniyalik yarim himoyachi. “Borussiya Menxengladbax“ klubidan 8 million yevroga sotib olindi;
- Muhammad Al-Tani – saudiyalik tajribali futbolchi. “Al-Hazm“ klubidan 2,5 million yevroga transfer qilindi.
Umumiy hisobda “Al-Qadsiya“ klubi yozgi transferlar oynasida 124,1 million yevro sarfladi. Jamoa oʻz futbolchisi Eki Fernandesni 25 million yevroga transfer qildi. Klubning transferlar oynasidagi sof sarfi 99 million yevroni tashkil etdi.
NEOM
- Natan Zeze – Fransiya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. “Nant“ klubidan 20 million yevroga sotib olindi;
- Lusiano Rodriges – braziliyalik futbolchi. “Baiya“ klubidan 20 million yevroga transfer qilindi;
- Marchin Bulka – polyak darvozabon. “Nissa“ jamoasidan 15 million yevroga xarid qilindi;
- Amadou Kone – afrikalik himoyachi. 13,3 million yevro evaziga transfer qilindi;
- Said Benraxma – Jazoir terma jamoasi aʼzosi. “Lion“ klubidan 12 million yevroga sotib olindi;
- Saymon Buabre – Fransiya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. “Monako“ klubidan 10 million yevroga transfer qilindi;
- Luish Maksimyano – Portugaliya yoshlar terma jamoasi aʼzosi. Ispaniyaning “Almeriya“ klubidan 6 million yevroga xarid qilindi.
Umumiy hisobda NEOM klubi yozgi transferlar oynasida 115,2 million yevro sarfladi. Jamoa birorta futbolchisini transfer qilmadi. Demak, jamoaning umumiy sof sarfi ham 115,2 million yevroni tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring