Oʻquv avtodromi va uni jihozlashga doir yangi qoidalar belgilandi

10:10 05 Fevral 2024 Jamiyat
138 0

Иллюстратив фото

Adliya vazirligi tomonidan Avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromiga qoʻyiladigan talablar (roʻyxat raqami 3494, 01.02.2024-y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi maʼlum qildi.

Taʼkidlanganidek, ushbu talablarda avtomototransport vositalarida amaliy mashgʻulotlarni va imtihonlarni oʻtkazishga moʻljallangan oʻquv avtodromi (oʻquv avtodromi) va uni jihozlashga doir qoidalar belgilangan.

Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan shugʻullanuvchi taʼlim tashkilotlari oʻquv avtodromidan haydovchilikka nomzodlar bilan amaliy mashgʻulotlar va imtihonlarni oʻtkazish uchun foydalanadi.

Bundan tashqari, ushbu hujjatda oʻquv avtodromiga nisbatan quyidagi talablar belgilangan:

— oʻquv avtodromida oʻlchami kamida 50x15 m boʻlgan maydoncha boʻlishi zarurligi;

— oʻquv avtodromining yoʻllari asfal yoki sement beton bilan qoplangan va suv toʻplanib qolishining oldini olish imkonini beradigan holatda boʻlishi kerakligi;

— oʻquv avtodromining yoʻllari svetofor, yoʻl belgilari, yoʻl chiziqlari, tik balandlikka koʻtarilish qurilmalari (estakada) bilan jihozlangan boʻlishi kerakligi;

— oʻquv mashgʻulotlarini masofadan nazorat qilish, haydovchilikka nomzodlarning xato va kamchiliklarini tahlil qilish uchun oʻquv avtodromi audio va videokuzatuv tizimi bilan jihozlanishi lozimligi;

— oʻquv avtodromi unga begona shaxslar va hayvonlar kirishining oldini olish maqsadida 2,0 metrdan kam boʻlmagan balandlikdagi devor yoki panjara (metall toʻsiq) bilan jihozlangan boʻlishi kerakligi;

— oʻquv avtodromida haydovchilikka nomzodlar uchun qulay boʻlgan joyda quyidagi maʼlumotlar keltirilgan axborot stendi yoki elektron monitor oʻrnatilishi;

— oʻquv avtodromiga kirish va chiqish yoʻlining kengligi yengil avtomobillar va mototransport vositalari uchun 3,0 metrdan, yuk avtomobillari va avtobuslar uchun 4,0 metrdan kam boʻlmasligi kerakligi;

— oʻquv avtodromi hududida tungi yoritgichlar oʻrnatilgan, bino va inshootlar yongʻin xavfsizligi talablariga mos, shuningdek ichimlik suvi va hojatxona boʻlishi kerakligi.

Diyora SAIDOVA,

OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?