Oʻqishga kiritish va “perevod” uchun pul olganlar ushlandi
Illustrativ foto
DXXning Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Andijon tumanida yashovchi, 1982-y.t. shaxs mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uning qarindoshini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Andijon shahridagi oliygohlardan biriga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 10 ming AQSH dollari olgan vaqtda ushlandi.
Toshkent shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Oqqoʻrgʻon tumanida yashovchi, 1973-y.t. shaxs firibgarlik yoʻli bilan mahalliy fuqarodan uning tanishini poytaxtdagi oliy taʼlim muassasalaridan biriga oʻzining tanishi orqali oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, evaziga 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida qoʻlga olindi. Soʻngra tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador boʻlgan ushbu oliy taʼlim muassasasi xodimi ham 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, guyoki oʻzini Davlat test markazi xodimi deb tanishtirgan, 1997-y.t., Toshkent shahridagi universitetlardan birining magistranti fuqarodan uning Tojikiston Respublikasidagi institutlaridan birida taʼlim olayotgan qarindoshining oʻqishini Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasalaridan biriga koʻchirib berish evaziga 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
DXXning Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda Bekobod shahar IJQK departamenti xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Bekobod shahridagi MCHJlardan birining ish boshqaruvchisi fuqarodan uning Tojikistondagi oliy taʼlim muassasalaridan birida tahsil olayotgan qarindoshini Toshkent shahridagi universitetlardan biriga koʻchirib berish evaziga 2200 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Xuddi shunday, Bekobod tumanida yashovchi, 1999-y.t., xozirda Tojikistondagi universitetlardan birining talabasi mazkur oliygohdagi boshqa talabaning oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalaridan biriga koʻchirib berish evaziga 2 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring