Oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan vaʼdasidan chiqa oldimi?

19:05 27 Iyun 2024 Jamiyat
363 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan firibgarlarni ushladi. Bu haqda departament matbuot xizmati maʼlum qildi.

Departament hamda DXXning Fargʻona viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda fuqaro И.О. fuqaro Ш.Ю.нинг ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasidagi oliygohlarda oʻqiganlik haqida soxta hujjat tayyorlab, uning oʻqishini Namangan viloyatidagi nodavlat oliy taʼlim muassasasiga koʻchirib berish evaziga 4 ming 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yana bir holat Qoʻrgʻontepa tumanida sodir boʻlgan. Maʼlum boʻlishicha, fuqarolar П.Х. va Х.А. oldindan oʻzaro oldindan til biriktirib, fuqaro А.Т.нинг ishonchiga kirib, uni 4 ming AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Jizzax davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishlari aytib, oldindan 2 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Qoraqalpogʻistonda ham DXX va IIV xodimlari tezkor tadbirda fuqaro А.У. fuqaro Г.У.нинг ishonchiga kirib, unga qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi institutda oʻqiyotganligi toʻgʻrisida hujjatlarni tayyorlab berish orqali Qoraqalpoq davlat universitetiga oʻqishga kiritib qoʻyishi evaziga 14 million soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlagan.

«Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda», deyiladi xabarda.

Avvalroq rasman test sinovlari va mandat sanasi maʼlum boʻlgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?