Oʻqish, oʻrganishga bel bogʻlaganning “oshigʻi olchi”
Xorazm viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi Sherzod Abidovning tashabbusi bilan hududiy veterinariya boʻlimlari va vetuchastkalarning moddiy -texnik ahvoli yildan yilga yaxshilanib bormoqda. Xususan shu oy boshida mahalliy gʻazna hisobidan xarid qilingan 70 ta termosumka, 82 ta dyuar idish hamda 70 ta sunʼiy urugʻlantirish anjomlari mutaxassislarga topshirildi.
—Xushnud Polvonov, Jamoliddin Matnazarov, Xursand Matnazarov, Imomaddin Abdiraimov singari oʻnlab faol mutaxassislarga bittadan zamonaviy televizorlarni ham mukofot tarzida berdik, —deydi boshqarma boshligʻi. — Bu ragʻbat albatta ish samaradorligini yanada oshirishga turtki beradi.

Yaqinda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi,chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialining 12 nafar talabasi (keyinroq ishga joylashishni koʻzlab) amaliyot oʻtash uchun boshqarmaga keldi. Tajribali mutaxassislarning eʼtirof etishicha, 4-bosqich talabalari Jamoladin Babajanov va Rajabboy Komilovlarga hozirdanoq ishonch bildirsa boʻladi. Qolganlari biroz “xom”, shu bois Sherzob Abidov yaqinda yana yigʻilish oʻtkazdi va talabalaru vetvrachlarga qatʼiy talab qoʻydi: “Bahonaga oʻrin yoʻq, ishga kirish niyatingiz bormi, unda tongdan kechga qadar ustozlarning yonida boʻling,qoʻlidagi ishni oling, bilmaganingizni soʻrang. Sizga amaliyotni oʻrgatayotgan mutaxassislarga esa natijaga qarab mukofot bor”.

—Bugun oʻqish-oʻrganishdan toʻxtagan, kitob varaqlamagan kishi zamondan ortda qoladi. Ayniqsa bizning sohada. Internet qiziq, ammo undagi hamma narsa ham ishonchli emas. Ayniqsa mol boqish, jonivorlarni davolash borasida tavsiya koʻpu bari ilmiy jihatdan asosli emas. Shu bois biz bu yil markaziy gazetalar va sohamizga oid nashrlar obunasiga ham jiddiy eʼtibor qaratdik. Bu bizga ish jarayonida albatta asqatadi,— deydi Sherzod Abidov.
Abdunabi Aliqulov,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring