Ombudsman taʼsir choralarining turlariga aniqlik kiritiladi. Qonun loyihasi Senatga yuborildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi. Bu haqda palataning matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur qonun loyihasi bilan Ombudsman faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirib, uning inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash borasidagi vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan mutlaqo yangi huquq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, shuningdek Vazirlar Mahkamasiga “maxsus maʼruza” taqdim etish huquqi belgilab qoʻyilmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarilishi yuzasidan “muqobil maʼruza” tayyorlashi hamda tegishli xalqaro tashkilotlarga taqdim etish mumkinligi belgilanadi. Shu bilan birga, Ombudsman lavozimiga nomzodga qoʻyiladigan talablar soddalashtirilib, ayrim talablar (yuksak axloqiy sifatlarga, oliy maʼlumotga, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida zarur tajribaga ega boʻlgan) bekor qilinishi koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, ushbu qonun bilan Ombudsman taʼsir choralarining turlariga aniqlik kiritilgan holda, (ogohlantirish, taqdimnoma, iltimosnoma va talabnoma) alohida bobda, har bir taʼsir chorasi alohida-alohida moddada aks ettirilyapti.
Qonun loyihasi bilan Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) institutining inson huquqlari boʻyicha milliy institut sifatidagi ahamiyati oshirilib, sohaga oid huquqlari yanada kengaytiriladi.
Xususan, Ombudsman faoliyatida inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan hamkorligi aniqlashtirildi.
Deputatlarning taʼkidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi Inson huquqlari boʻyicha vakil (ombudsman) institutining inson huquqlari boʻyicha milliy institut sifatidagi ahamiyatining oshishiga, uning huquqlari kengaytirilishiga va majburiyatlari aniqlashtirilishiga xizmat qiladi.
“Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Urganch shahrida 2,9 milliard soʻmlik noqonuniy dori vositalari aniqlangandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring