Toshkentdagi jamoat joylarida giyohvandlikka qarshi kurash uchun itlardan foydalanish taklif etildi
Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahridagi jamoat joylari, xususan, istirohat bogʻlari va xiyobonlar (12 ta) hududlarida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek, alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyish maqsadida 2025-yil 1-oktyabrdan 2026-yil 30-sentyabrga qadar tajriba-sinov tariqasida kinologiya punktlarini tashkil etishni taklif qildi.
Hukumat qarori loyihasiga koʻra, kinologiya punktlarida xizmatni tashkil etish Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarmasi hamda Toshkent shahar IIBB kinologiya boʻlimining amaldagi shtat birliklari doirasida tashkil etiladi.
Kinologiya punktlari Bojxona qoʻmitasining Milliy kinologiya markazi tomonidan Milliy gvardiyaning buyurtmasi boʻyicha “giyohvandlik vositalarini qidirish” va “antiterror” yoʻnalishlarida tayyorlangan xizmat itlari bilan shartnoma asosida taʼminlanadi.
Milliy gvardiya hamda IIV 2026-yil 1-noyabrga qadar tajriba-sinov natijalarini puxta tahlil qilgan holda kelgusida mazkur amaliyotni respublikaning boshqa hududlarida ham tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritishlari lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring