Endilikda qurilayotgan binolarga QR-kodli pasport beriladi
Illyustrativ foto
2025-yilning 1-sentyabridan boshlab Oʻzbekistonda har bir qurilayotgan obyekt uchun QR-kodli pasport joriy etiladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Ushbu tizim orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, hujjatlar va ekspertiza xulosalari kabi muhim maʼlumotlarga tezroq ega boʻlish mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, koʻp kvartirali uylarda joylar va yertoʻlalarni qayta qurish yoki rejalashtirishda qurilish meʼyorlarini buzgan holda konstruktiv qismlar va tayanch devorlarni oʻzgartirish, buzish, yoki binoning zilzilabardoshliligiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan harakatlar qatʼiyan taqiqlanadi.
1-iyuldan boshlab ichimlik suvi va oqova suv tizimi obyektlari majburiy texnologik auditdan oʻtkazish, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda mobil videokameralar va maxsus planshetlardan foydalanish kabi tartiblar joriy etiladi.
Shuningdek, bosqichma-bosqich hududiy inspeksiyalarda qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazi tashkil etiladi va tajriba-sinov tariqasida 2025-yilda Qashqadaryo viloyatidagi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga yangidan quriladigan obyektlarga videokameralar oʻrnatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring