“Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi

Bugun, 14-may kuni “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov gʻolib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Tantanali tadbir avvalida “Oltin qalam” Milliy mukofoti Tashkiliy qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaruvchi Xolmurod Salimov bu yilgi “Oltin qalam” tanlovi haqida maʼlumot berdi.
Anʼanaga koʻra, mukofotlarni topshirish uchun dastavval navbat xalqaro hamkorlarga berildi. Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi taʼsis etgan nominatsiyalar gʻoliblarini Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi maslahatchisi janob Chi Junlin, elchixona attashesi janob Chen Sinyan eʼlon qildi.
“Xitoy haqidagi eng yaxshi reportaj uchun” nominatsiyasi gʻolibi – Xitoyning “CGTN Russkiy” va Ozarbayjonning “CBC” telekanallarining Oʻzbekistondagi maxsus muxbiri Barchinoy Jurayeva.
“Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi hamkorlik yoritilgan eng yaxshi kontent uchun” nominatsiyasi gʻolibi – “Oʻzbekiston” jurnali bosh muharriri Asadbek Bobojanov.
Turkiya Respublikasining yurtimizdagi elchixonasi taʼsis etgan nominatsiya gʻolibini Turkiya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar eʼlon qildi.
“Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi munosabatlarning yanada kengayishini taʼminlashga bagʻishlangan eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi gʻolibi – Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi yetakchi muharriri Behruz Xudoyberdiyev.
Shuningdek, tanlovning ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalari gʻoliblari:
“Yoshlar hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:
“Yoshlar ovozi” gazetasi tahririyati ijodiy jamoasi (gazeta bosh muharriri Hamza Abdullayev)
“Maʼnaviyatni yuksaltirish, vatanparvarlik tuygʻulari targʻib etilgan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:
Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi ikkinchi darajali muharriri Shohsanam Komilova.
“Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasi muxbiri Gulchehra Durdiyeva.
“Davlat tilini rivojlantirishga bagʻishlangan eng yaxshi tahliliy materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:
OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudov.
“Milliy urf-odat va anʼanalarimiz aks etgan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:
“Jizzax ovozi” gazetasi tahririyati jamoasi (gazeta bosh muharriri Said Donishev).
“Oila va mahalla mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:
“Hurriyat” gazetasining Surxondaryo viloyati boʻyicha muxbiri Safar Omonqulov.
“Harbiy-vatanparvarlik mavzusi eng yaxshi yoritilgan materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:
“Ishonch” va “Ishonch-Doveriye” gazetalari muxbiri Oksana Kadisheva.
“Vatanimiz tarixiga bagʻishlangan eng yaxshi koʻrsatuvlar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:
“Oʻzbekiston tarixi” telekanali katta muharriri Dilbar Qosimova.
“Inson huquqlari va ijtimoiy hayotimiz bilan bogʻliq dolzarb mavzulardagi materiallar uchun” nominatsiyasi gʻolibi:
“Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati ijodiy jamoasi (jurnal bosh muharriri Erkin Ernazarov).
“Eng yaxshi fotoreportaj uchun” nominatsiyasi gʻolibi:
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi media markazi bosh mutaxassisi Muhiddin Alimbayev.
“Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” nominatsiyasi gʻolibi:
Mualliflar jamoasi (Oybek Sultonov).
“Eng faol tele va radio boshlovchi” nominatsiyasi gʻolibi:
“Oʻzbekiston” teleradiokanali katta muharriri Surayyo Mansurova.
Tanlovning bosma nashrlar yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblari:
“Jadid” gazetasi boʻlim mudiri Shoyim Boʻtayev (1-oʻrin).
“Narodnoye slovo” gazetasi masʼul kotibi Nurlan Usmonov (2-oʻrin).
“XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharriri Norqobil Jalilov (3-oʻrin).
Tanlovning internet nashrlari yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblari:
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi markaz boshligʻi oʻrinbosari Ikrom Avvalboyev (1-oʻrin).
“Kun.uz” veb-sayti muharriri va maxsus muxbiri Shuhrat Shokirjonov (2-oʻrin).
“Dunyo” AA tahririyati xizmat boshligʻi Nargis Saidaliyeva (3-oʻrin).
Tanlovning radio yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblari:
“Mahalla” radiokanali “Maʼnaviy-maʼrifiy, koʻngilochar va musiqiy dasturlar” muharririyatining boʻlim mudiri Umida Gʻafforova (1-oʻrin).
“Qoraqalpogʻiston” radiokanali “Jamiyat-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlari” bosh muharririyati muharriri Qundыz Jumagʻaliyeva (2-oʻrin).
“Oʻzbekiston 24” teleradiokanali katta muharriri Shoira Umrzoqova (3-oʻrin).
Tanlovning televideniye yoʻnalishi boʻyicha gʻoliblari:
“Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturi muxbiri Elyor Goʻroʻgʻliyev (1-oʻrin).
“Oʻzarxiv” agentligi matbuot kotibi, “Arxivarius” koʻrsatuvi muallifi va boshlovchisi Anvarjon Aliyev (2-oʻrin).
“Renessans TV” telekanali bosh muharriri Jasur Rahmon (3-oʻrin).
Tanlovning “Chet ellik jurnalistning Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiali uchun” nominatsiyasi gʻoliblari:
Tojikiston maorif vazirligining Oʻzbek tili hayʼati rahbari, Tojikistonda oʻzbek tilida chop etiladigan “Ustoz”, “Oʻquvchilar”, “Sirdosh” gazetalari va “Kichkintoy” jurnali rahbari Sulaymon Ermatov (1-oʻrin).
“TASS” axborot agentligining Oʻzbekistondagi muxbiri Valeriy Biryukov (Rossiya Federatsiyasi) (2-oʻrin).
“The Economic Times” gazetasining diplomatik muharriri Dipanjan Roy Chaudhuri (Hindiston) (2-oʻrin).
“The Hill” gazetasining jamoatchi muxbiri Jeyms Durso (AQSH) (2-oʻrin).
“Euronews” telekanali muxbiri Galina Polonskaya (Fransiya) (2-oʻrin).
Oʻzbekiston Jurnalistlar uyushmasining qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi nominatsiyalari gʻoliblari:
Xalqaro press-klub muxbiri Umid Pirboyev.
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati (Axborot xizmati boshligʻi Bobur Tulyaganov).
Jurnalistika sohasida “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovning Bosh milliy mukofoti gʻolibi:
“UzReport TV” telekanali jamoasi (telekanal direktori Ravshan Joʻrayev).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Milliy gvardiyaga yangi vakolat berildi
- Koinotdagi “sharpa shaharlar” yoxud mitti galaktikalar haqida nimalarni bilamiz?
- Jadidchilik harakatining karvonboshisi
- Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish masalalari muhokama qilindi
- “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yiliga moʻljallangan davlat dasturi qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring