Oltiariqlik uzumchi Husanboy Gʻafurovga 50 millon soʻm mukofot ajratildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Xabaringiz bor, joriy yilning 27-28-iyul kunlari Fargʻona viloyatiga tashrif buyurgan Prezidentimiz Oltiariq tumanida uzumchilik sohasida erishilayotgan yutuqlarni yuksak eʼtirof etib, tuman mirishkorlari tajribasini mamlakatimiz boʻylab ommalashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalarini bergan edi.
Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-avgust kuni “2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, 2023-2024-yillarda mamlakatimiz miqyosida 187 ming 614 gektar maydonda yangi uzumzorlar barpo qilinishi belgilandi. Shu tariqa respublikamizning 51 ta tuman va shahrida “Oltiariq tajribasi” asosida har biri 2-2,5 ming gektar yer maydonlarida uzum plantatsiyalari tashkil etiladi.
Ayni kunlarda qishloq xoʻjaligi vazirligi tashabbusi bilan Oltiariq tumanida yurtimizning barcha hududlaridan kelgan tuman-shahar hokimliklarining qishloq xoʻjaligi sohasi masʼullari, ilgʻor fermer va dehqon xoʻjaliklari rahbarlari ishtirokida amaliy seminarlar oʻtkazilmoqda.
Oltiariqlik Husanboy Gʻofurovlar xonadonida yetishtirilgan uzumlar yilning toʻrt faslida ham birdek – tabiiy usulda saqlanadi. Mirishkor oila aʼzolari uzumning 20 dan ortiq xaridorgir, eksportbop navlarini yetishtirib, keyingi mavsumgacha sifatli saqlash orqali qoʻshimcha daromad manbaiga ega boʻlmoqda.
Bu oilaning uzumchilik borasidagi boy hayotiy tajribasi bilan tanishgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev, qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov mehnatlari samarasini yuksak eʼtirof etib, qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan ushbu oilaga ellik million soʻm pul mukofoti ajratildi.
— Eʼtibor va ragʻbat bizni yanada samaraliroq mehnat qilishga undaydi,—deydi xonadon sohibi. —Yaqin istiqbolda mamlakatimizda uzumchilik tarmogʻi rivoji uchun oʻz tajribamizdan kelib chiqqan holda astoydil koʻmaklashamiz.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring