Olmazor tumanida yangi kogeneratsiya qurilmasi bunyod etilmoqda
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan poytaxtimizning Olmazor tumani “Shon-Shuhrat” mahallasi hududida investitsiya loyihasi asosida elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 1,2 MVt, issiqlik energiyasi ishlab chiqarish quvvati 6,4 Gkal boʻlgan zamonaviy kogeneratsiya qurilmasi bunyod etilmoqda.
Maʼlumki, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Chilonzor tumanidagi “Oqtepa” va “Bogʻzor” MFYda qurilgan dastlabki kogeneratsiya qurilmasi sinov tariqasida ishga tushirilgan edi. 2023-yil 13-oktyabr sanasida Davlatimiz rahbari tomonidan mazkur qurilmaning faoliyati bilan tanishish chogʻida bu kabi inshootlarni poytaxtimizning qolgan tumanlarida ham joriy etish toʻgʻrisida topshiriq berilgan edi.
Shunga koʻra, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-yanvarda “Toshkent shahri markazlashgan issiqlik taʼminoti korxonalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 23-son qarori asosida navbatdagi kogeneratsiya qurilmasi Olmazor tumanining “Shon-Shuhrat” mahallasi hududida qad rostlamoqda.
Umumiy maydoni 0,16 gektarni tashkil qiluvchi zamonaviy energoinshootning umumiy loyiha qiymati 45,7 mlrd soʻmga teng boʻlib, u “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan Turkiyaning “Iltekno” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Uning foydali ish koeffitsiyenti 80 foizdan yuqorini tashkil etadi.
Qurilish maydonida bir vaqtning oʻzida mahalliy va xorijiy tashkilotlarning 50 nafarga yaqin ishchi-xodimlari va 4 ta maxsus texnika ish olib bormoqda. Loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 8 mln kVt·soat elektr energiyasi hamda 52 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha asosida rivojlangan davlatlarning eng zamonaviy va yuqori tejamkor texnologiyalari oʻrnatilishi hisobiga yiliga 1,2 mln kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi, atmosferaga chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar hajmi 67 foizga kamayadi. Loyihaga koʻra, 15 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Ayni kunlarda loyihaning poydevor ishlari yakunlanib, asosiy qurilmalarni oʻrnatishga tayyorlanmoqda. Bu yerda Germaniyadan keltirilgan gaz-porshen qurilmasi hamda ikkita “Bosch” qozonlari oʻrnatiladi. Zamonaviy usulda qurilayotgan energoqurilmada ishlab chiqarilgan issiqlik energiyasi aholi xonadonlariga yopiq tizim orqali yetkazib berilishi tufayli yoʻqotishlar umuman kuzatilmaydi. Qurilma ishga tushgach, hududdagi 17 ta koʻp qavatli uy, 1 ta ijtimoiy soha obyekti va mingdan ortiq aholi xonadonlari barqaror ravishda issiqlik energiyasi bilan taʼminlanadi.
Loyiha joriy yilning oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring