Olmaotadagi aeroportda jasorat koʻrsatgan Musa Abdurayim “Yer yuzidagi eng jasur inson” unvoni bilan taqdirlandi

Jahon boks kengashi (WBC) qozogʻistonlik sobiq sportchi Musa Abdurayimni “Yer yuzidagi eng jasur inson” unvoni bilan taqdirladi. Bu haqda WBC oʻzining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali maʼlum qildi. Ushbu yuksak mukofot Musa Abdrayimning jasoratli harakati uchun berildi.
Maʼlumki, 7-mart kuni Qozogʻistonning Olmaota shahridagi aeroportning ichki reyslar terminalida favqulodda hodisa yuz bergandi. Nomaʼlum shaxs yoʻlovchi sifatida terminalga kirib, aeroport xodimidan hujjat soʻralganida, u kutilmaganda ayol xodimning sochidan tortib, unga pichoq bilan tahdid qila boshlagan. Hodisa joyida boʻlgan Musa Abdurayim vaziyatga aralashib, jinoyatchining qoʻlidagi pichoqni tortib olib, uni zararsizlantirdi.
Voqeaga guvoh boʻlgan Abdurayim tezda harakat qilib, ayolni qutqarish uchun tashabbus koʻrsatgan. U bu haqda oʻz fikrini bildirib, shunday dedi: “Men faqat qichqiriq eshitdim va oʻsha tomonga yugurdim. Erkak ayolning sochidan tortib, pichoq bilan tahdid qilayotganini koʻrganimda, uni qutqarishga harakat qildim. Oʻsha paytda: «Agar u mening qizim boʻlsa-chi?”, deb oʻyladim. Keyin esa shunchaki burchimni bajardim».
Jahon boks kengashi Musa Abdurayimning bu jasoratini alohida eʼtirof etib, uning harakati yaxshilik, birdamlik va insonparvarlikning yorqin namunasi ekanini taʼkidladi. Ushbu mukofot sportdagi yutuqlari bilan bir qatorda, ijtimoiy masʼuliyatni ham oʻz zimmasiga olgan shaxslarga beriladi.
Maʼlumot uchun, 52 yoshli Musa Abdurayim ilgari jangovar sanʼat, kikboksing va tay boks bilan shugʻullangan. U oʻz faoliyati davomida bir necha bor musobaqalarda gʻolib chiqib, turli medallarga sazovor boʻlgan. Uning jasorati nafaqat sport olamida, balki butun jamiyatda hurmat va eʼtirofga loyiq deb topildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring