Olimlar yangi muzlik davri yuz berishi haqida ogohlantirishmoqda
Antarktidadagi aysberglarning erishi zanjirli reaksiyaga sabab boʻlishi, buning natijasida esa Yerda yangi muzlik davri boshlanishi mumkin.
Buyuk Britaniyaning Kardiff universiteti olimlari xuddu shunday xulosaga kelishdi.
“Daily Mail”ning yozishicha, tadqiqotchilar erigan aysberglar Atlantika okeaniga chuchuk suv olib kirayotganini kuzatishgan.
Qayd etilishicha, ushbu jarayon tufayli okean sirkulyatsiyasi (aylanishi)da oʻzgarishlarning yuz berayotganligi sayyoraga iqlim sovishi bilan tahdid qilmoqda.
Olimlarning izohlashicha, soʻnggi 1,6 million yil ichida har bir muzlik davrining boshida aysberglarning erishi bilan okean sirkulyatsiyasi oʻrtasida bogʻliqlik boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring