Olimlar: AQSHda 9 magnitudali zilzila va 30 metrli sunami qayd etiladi

10:27 10 Noyabr 2024 Dunyo
299 0

Mutaxassislar Qoʻshma Shtatlarda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kuchli kataklizm belgilarini aniqladi. Mamlakatda 9 magnitudali zilzila va 30 metrli sunami boʻlishi mumkin.

Olimlar Kanada janubidan Kaliforniya shimoligacha choʻzilgan Kaskad togʻlarini oʻrganib chiqdilar va AQSH-Kanada chegarasidan Kaliforniya shimoligacha boʻlgan 970 kilometrlik yoriq boʻylab toʻrtta alohida segmentni aniqladilar. Mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda bu hududda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan zilzila avval bashorat qilinganidan kuchliroq boʻlishi mumkin.

“Tektonik plitalarning harakati sezilarli bosim hosil qiladi. Bu esa balandligi 30 metrgacha boʻlgan halokatli sunamini keltirib chiqarishi mumkin. Bunday ssenariy halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, jumladan, odamlarning halok boʻlishi va yirik iqtisodiy yoʻqotishlar qayd etilishi mumkin”, deya olimlarning ogohlantirishini eʼlon qildi Daily Mail.

Eng katta xavf hududi Oregon shtatidan Vashingtongacha boʻlgan qirgʻoq va Kanadaning gʻarbiy qismidagi Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasidir. Biroq, boshqa shtatlarda yashovchilar bunday kattalikdagi tabiiy ofatdan keyin suvning ifloslanishi va kimyoviy chiqindilardan oʻlishi mumkin.

Dengiz geofiziki Syuzan Karbotning taʼkidlashicha, Qoʻshma Shtatlarda favqulodda vaziyatlarga javob berish rejalari eskirgan maʼlumotlarga asoslanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер