Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoniga rahbar tayinlandi 

10:27 17 May 2024 Siyosat
368 0

Mahmud Shuhratovich Istamov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi devoni rahbari etib tayinlandi. Bu haqdagi maʼlumot Qonunchilik palatasi veb-saytida paydo boʻldi

Maʼlumot uchun, Mahmud Istamov 1979-yilda tugʻilgan, oliy maʼlumotli. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – huquqshunos.

U 2014-2017-yillarda mehnat faoliyatini Prezident administratsiyasidagi Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish shuʼbasi mudiri, Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik shuʼbasi mudiri lavozimida olib borgan.

2017−2019-yillarda Adliya vaziri oʻrinbosari va birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. Mahmud Istamov 2019-yil 13-iyunda Markaziy saylov komissiyasi  raisi oʻrinbosari etib saylangan.

Mahmud Istamov 2021-yil yanvarida Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlangan, 2024-yil fevral oyida ushbu lavozimdan ozod etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер