Oynavand dalalardan 16 million dollarlik eksport
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Agrar sohaga ilgʻor texnologiyaning muvaffaqiyatli joriy etilishi bilan sohaga zamonaviy issiqxonalar kirib keldi. Birgina Toʻraqoʻrgʻon tumanining oʻzida 200 gektardan ziyod maydondagi shunday qurilmalarda yilning toʻrt faslida sarxil meva-sabzavotlar yetishtirilmoqda. Ulardan eng yirigi “Koʻklam zamini” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Baxt massividagi toshloq yerlar bagʻrida oʻzlashtirilgan 23 gektar maydonda joylashgan. Bu yerda bodring, pomidor, bulgʻor qalampiri va boshqa bir qator ekinlar parvarishlanadi.
— Yetishtirayotgan mahsulotlarimizga hamisha talab katta, — deydi tadbirkorlik korxonasi rahbari Obidxon Mamadaliyev. — Shundan kelib chiqib, yakunlangan yilda ichki bozorga 7 milliard soʻmlikdan ziyod zamin neʼmatlarini yetkazib berdik. 450 ming dollarlikdan koʻproq eksport amaliyotlari bajarildi. Qish chillasi avjiga chiqqan hozirgi kunlarda ishimiz yanada kuchaygan.
Maʼlumot oʻrnida aytish lozimki, bultur tumandagi barcha issiqxonalar hamda bogʻlarda yetishtirilgan hosilning qiymati 16 million dollardan koʻproq qismi tashqi bozorga chiqarildi. Asosiy xaridorlar orasida Rossiya, BAA, Xitoy va Yevropaning bir qator davlatlari bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring