Ugom-Chotqol togʻ tizmasidagi meteostansiya xodimi evakuatsiya qilindi
Videodan kadr
Ugom-Chotqolda meteorologik stansiya xodimi harbiylar koʻmagida muvaffaqiyatli evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, 5-yanvar kuni “Oʻzgidromet” rahbariyati tomonidan Mudofaa vazirligiga Toshkent viloyati hududidagi Ugom-Chotqol togʻ tizmasining borish qiyin boʻlgan, murakkab relyefga ega hududida joylashgan “Oygaing” yuqori togʻli meteorologik kuzatuv stansiyasida xizmat olib borayotgan xodimi ogʻir ahvolda qolganini maʼlum qilib, uni Harbiy havo kuchlari yordamida evakuatsiya qilish zarur ekanligi bildirilgan.
Shundan soʻng Mudofaa vazirligi harbiy-havo kuchlarining navbatchi qidiruv-qutqaruv vertolyoti yordamida tungi vaqtda qutqaruv tadbirlari amalga oshirilib, xodim tezkorlik bilan Chirchiq shahridagi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan va shifokorlar tomonidan unga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring