Ogʻir jinoyat sodir etib, Polshada yashiringan shaxs Oʻzbekistonga qaytarildi
Ogʻir turdagi jinoyatni sodir etib, Polshada yashirinib yurgan shaxs Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Unda aytilishicha, Interpolning Oʻzbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi hamda Oʻzbekistonning Polshadagi elchixonasi oʻzaro hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazgan.
Maʼlum boʻlishicha, hamkorlikdagi saʼy-harakatlar natijasida ogʻir turdagi jinoyatni sodir etib, Polsha davlatida yashiringan jinoyatchi qoʻlga olingan.
“Jinoyatchi xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi. Ushbu shaxs sodir etgan jinoyati uchun qonun oldida javob beradi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring