Obodonlashtirish xodimlarining mehnati hurmatga loyiq

12:05 30 Dekabr 2024 Jamiyat
341 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Kunning sovugʻi-yu issigʻida, havoning shamoli-yu chang-toʻzonida, qiyin sharoitlarda mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlarining mehnati haqiqatan ham hurmatga loyiq. Ularning har bir harakati, qoʻl mehnati tufayli atrofimiz ozoda va fayzlidir.

Surxondaryo viloyati hokimi Termiz shahri Manguzar mahallasida xizmat faoliyatini olib borayotgan obodonlashtirish sohasi xodimlari bilan uchrashdi. Hududlarda sarishtalikni taʼminlovchi soha xodimlariga olib borayotgan mehnatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

Viloyat rahbari Obodonlashtirish xodimlarini kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga viloyat hokimligining bayram sovgʻalari hamda xizmat faoliyati uchun issiq kiyim-boshlarni topshirdi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?