OAVga uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

09:32 15 Iyul 2020 Jamiyat
845 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi yangi tahrirdagi “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.

Unda qator yangiliklar koʻzda tutilgan. Jumladan, OAV foto- va videomateriallarni tayyorlash maqsadida qonunchilikda belgilangan tartibda ruxsatnoma olish orqali tegishli davlat organi tomonidan belgilab berilgan hududlarda, qirq metrgacha boʻlgan balandlikda, vazni uch kilogrammdan ziyod boʻlmagan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishi mumkin.

Shuningdek, loyihada roʻyxati qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan tegishli koʻrsatkichlar bilan suratga olish taqiqlangan hududlardan tashqari jamoat joylari, bino va inshootlarni hech qanday cheklovlarsiz foto va video tasvirga olish huquqi, OAVlar ustav fondida chet el investitsiyalarining ulushini oʻttiz foizdan qirq toʻqqiz foizgacha oshirishga ruxsat berilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?