OAV: Trampga Eronga zarba berish boʻyicha kengaytirilgan variantlar roʻyxati taqdim etildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga nisbatan bir nechta harbiy ssenariylarni koʻrib chiqmoqda. Ular qatorida reydlar oʻtkazish va maxsus boʻlinmalar operatsiyalari ham bor. Shu bilan birga, u diplomatik yechim va muzokaralar imkoniyatiga ham ochiq qolmoqda. Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Pentagon AQSH rahbariga Eronga qarshi ehtimoliy zarbalar boʻyicha kengaytirilgan variantlar roʻyxatini taqdim etgan.
Jumladan, Tramp AQSH qoʻshinlari tomonidan Eron hududida reydlar oʻtkazish, shuningdek, yadroviy va raketa obyektlariga yanada katta zarar yetkazish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Eng xatarli variantlardan biri sifatida AQSH maxsus boʻlinmalarini yashirin tarzda yuborib, 2025-yil iyun oyidagi amerikaliklar zarbalari paytida zarar koʻrmagan Eron yadroviy dasturi obyektlarini yoʻq qilish yoki ishdan chiqarish rejasi qayd etilmoqda.
Bundan tashqari, Eron rahbariyati bilan bevosita bogʻliq boʻlgan obyektlarga bir qator zarbalar berish orqali mamlakatda beqarorlik, tartibsizlik va hokimiyat almashuvi uchun sharoit yaratish varianti ham muhokama qilinmoqda.
The New York Times yozishicha, AQSH prezidenti hozircha Pentagon tomonidan taklif etilgan harbiy harakat variantlaridan birortasini ham tanlamagan. U diplomatik yoʻl bilan hal etish imkoniyatini saqlab qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring