Nukusdan Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatiga poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

11:41 31 Iyul 2024 Jamiyat
321 0

Nukusdan Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatiga 22-avgustdan poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” matbuot xizmati xabar berdi.

Nukus — Mangʻistau yoʻnalishi haftaning payshanba, shanba, seshanba kunlari, Mangʻistau—Nukus yoʻnalishi esa juma, yakshanba, chorshanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Qatnov vaqtlari:

  • Nukusdan joʻnash — 20:16, Mangʻistauga yetib borish — 17:14;
  • Mangʻistaudan joʻnash — 18:54, Nukusga yetib borish — 15:22.

Oraliq masofa salkam 21 soatni tashkil etadi.

Chiptalarni temiryoʻl chiptaxonalaridan, shuningdek, elektron tarzda eticket.railway.uz saytidan xarid qilish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?