Nukusda texnopark tashkil etiladi
“Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–306-son, 06.07.2022-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan “Nukus” erkin iqtisodiy zonasidagi 30 gektar boʻsh yer maydonida “Nukus texnoparki” maxsus sanoat zonasi 30 yil muddatga tashkil etiladi.
Xalqaro standartlarga muvofiq energiya tejamkor ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish Texnopark faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
2023–2024-yillarga moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida Texnoparkning muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari ajratiladi.
Texnopark hududida mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli oʻzaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yoʻlga qoʻyish orqali investitsiya faoliyatini ragʻbatlantirish va rivojlantirish choralari koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring