Nukusda oʻzbek tili bayrami keng nishonlandi

15:24 22 Oktyabr 2024 Jamiyat
127 0

Gʻ. OTAJONOV/“Xalq soʻzi”. Nukus shahridagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni bayram bilan tabrikladi.

Taʼkidlanganidek, oʻzbek tiliga boʻlgan hurmat koʻp millatli xalqimizning maʼnaviy dunyosini yanada boyitishga, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ularni ulugʻlashga qaratilgan gʻamxoʻrlikning ifodasidir.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirishga alohida eʼtibor berilib, bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat tilini chuqur oʻrganish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qoʻllash doirasini kengaytirish yurtimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz kelajagini belgilaydi. Yoshlarni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda va milliy urf-odat, anʼanalarimizni asrab-avaylashda muhim oʻrin tutadi.

Bayram tadbiri sanʼat va madaniyat xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?