Nukusda bolalar uchun zamonaviy dam olish maskani foydalanishga topshirildi
Foto: Xalq so‘zi
Nukus shahrida “Jungle Land” zamonaviy bolalar dam olish maskani foydalanishga topshirildi.
Yangi maskanning tantanali ochilishida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M. Kamalov ishtirok etib, yosh avlod iqboli yoʻlida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar xususida toʻxtaldi. Ayniqsa, ertamiz egalari boʻlgan bolajonlarning baxtiyor, sogʻlom kamol topishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilayotganini taʼkidladi.
Xususan, Nukusda 3 ming kvadrat metrni egallagan, 22 milliard soʻm mablagʻ evaziga qurib bitkazilgan ushbu maskanda eng soʻnggi rusumdagi oʻyin attraksionlari oʻrnatilgan. Bu yerda nafaqat bolalar, balki oʻsmirlar ham mazmunli hordiq chiqarishi uchun ham zarur sharoitlar muhayyo qilingan.
«Bagʻshiliq» mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi Majid Utambetovning maʼlum etishicha, hududda ochilgan zamonaviy bolalar dam olish maskanida “Temir daftar”larga kiritilgan oilalar aʼzolarining 20 nafardan ortigʻi doimiy ish bilan taʼminlandi.
Tantanali tadbirda sanʼat ustalarining konsert dasturi hamda Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasining sahna koʻrinishlari bolalarga yanada zavq bagʻishladi.
Gʻ.Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring