Noyabr oyida 97,1 mlrd. soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan

10:50 06 Dekabr 2024 Jamiyat
148 0

1-30-noyabr kunlarida “Hududgaztaʼminot” AJ maxsus ishchi guruhi va huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda qonunbuzarlik holatlarini aniqlash maqsadida 3 mingga yaqin tadbirlar oʻtkazildi.

Ushbu tadbirlarda 2,9 mingta tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Mazkur holatlar boʻyicha jami 97,1 milliard soʻmlik 42,4 million kub metr tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.

Shu bilan birga oylik doirasida suyultirilgan gaz taʼminotida 1,5 ming dona maishiy gaz ballonlari noqonuniy saqlanayotgani aniqlangan 23 ta “bunker” faoliyatiga chek qoʻyildi. Buning natijasida aholi isteʼmolchilariga yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan 20,3 tonna suyultirilgan gaz hajmlari talon-torojining oldi olindi.

Aniqlangan noqonuniy holatlar va qoidabuzarliklar haqida barcha materiallar huquqiy baho berilishi uchun huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

Fuqarolar tabiiy gaz va energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishni toʻxtatmas ekan, boshqa hududlarda energiya bilan bogʻliq muammolar kuzatilaverishi tabiiy.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?