Noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir nechta reyslar zaxira aeroportlariga oʻtkazildi — Uzbekistan Airways

13:34 07 Noyabr 2022 Jamiyat
490 0

Bugun, 2022-yil 7-noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways bir nechta reyslarini zaxira aeroportlariga oʻtkazilishini maʼlum qildi.

Bunda: 

— HY 602 Moskva – Toshkent qatnovi Navoi aeroportiga yoʻnaltirildi; 

— HY 336 Jidda – Toshkent qatnovi Samarqand aeroportiga yoʻnaltirildi. 

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati xabariga koʻra, ushbu yoʻnalishdagi qatnovlar belgilangan manzilga yetib borgan.

Bundan tashqari, Fargʻona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan HY 081 Toshkent – Fargʻona reysi soat 06.55 dan 09.30 ga koʻchirildi. HY 277 Fargʻona – Istanbul reysi Fargʻona xalqaro aeroportidan oʻz yoʻnalishi boʻyicha joʻnab ketdi.

Shu munosabat bilan, HY 278 Istanbul – Fargʻona va HY 082 Fargʻona – Toshkent reyslari kechikib amalga oshirilishi maʼlum qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?