Noqulay ob-havo sharoiti Toshkent va Namangan aeroportlar faoliyatini cheklab qoʻydi

15:49 19 Dekabr 2022 Jamiyat
685 0

Qalin tuman tufayli koʻrishning yomonlashishi Toshkent va Namangan xalqaro aeroportlarida samolyotlarni qabul qilish va joʻnatishni vaqtincha cheklab qoʻydi.

Qalin tuman “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY614 (Moskva — Toshkent) reysini Buxoro muqobil aerodromiga joʻnatilishiga sabab boʻldi. Bortida 214 yoʻlovchi boʻlgan samolyot mahalliy vaqt bilan 03:23 da Buxoroga kelib qoʻndi. Shuningdek, HY426 (Dehli — Toshkent) reysi ham Buxoro aeroportiga yoʻnaltirildi. Koʻrish yaxshilanganidan keyin ikkala samolyot ham Toshkentga qaytib uchib ketdi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY23/24 (Toshkent — Buxoro — Toshkent) reysi biroz kechiktirildi. HY23 reysi mahalliy vaqt bilan 10:52 da Buxoroga kelib qoʻndi va 11:53 da Toshkentga joʻnab ketdi.

Bundan tashqari, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9662 (Yekaterinburg — Toshkent), HY3196 (Seul — Toshkent), HY274 (Istanbul — Toshkent), HY708 (Vladivostok — Toshkent), HY9646 (Moskva — Toshkent) yoʻnalishlaridagi reyslari Navoiydagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi. Shuningdek, Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasining Mineralniye Vodi — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha AFL1870 reysi Navoiyga joʻnatildi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY18 (Nukus — Toshkent) va HY336 (Jidda — Toshkent), Ozarbayjonning “Azal” aviatashuvchisining AHY5031 (Boku — Toshkent), “Fort Aero”ning FRX513 charter reysi Samarqandga muqobil aerodromga joʻnab ketdi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Perm — Namangan yoʻnalishi boʻyicha HY9802 reysi Fargʻona aeroportiga yoʻnaltirildi va mahalliy vaqt bilan soat 01:51 da Fargʻonaga kelib qoʻndi.

HY9620/9619 (Moskva — Namangan — Moskva) reysi uchish vaqti 18-dekabrdan 19-dekabrga oʻzgartirildi. Samolyot belgilangan aeroportga mahalliy vaqt bilan 16:10 da joʻnaydi.

19-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 16:40 ga belgilangan HY9619 (Namangan — Moskva) reysi esa 20-dekabrga koʻchirildi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY9805 (Namangan — Samara) va HY9806/9829 (Samara — Namangan — Yekaterinburg) reyslari ham kechiktirildi.

“S7” aviakompaniyasining SBI5567/5568 (Novosibirsk — Namangan — Novosibirsk) reysi; “Air Arabia” aviakompaniyasining G785 (Namangan — Sharja) va G785 (Sharja — Namangan — Sharja) reyslari; “Red Wings” aviakompaniyasining WZ4483/4484 reyslari (Moskva — Namangan — Moskva); shuningdek, “Jazeera Airways”ning J9645 reysi (Quvayt — Namangan — Quvayt) Namanganda ob-havo sharoiti yaxshilanmaguncha kechiktirildi.

Namangan aeroportida havo kemalarini qabul qilish va joʻnatish uchun cheklovlar hamon amalda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?