Nomaʼlum kompaniya bilan shartnoma va “Telegram”ning 190 foizga oʻsgan daromadi
“Telegram” investorlarga Pavel Durovning hibsga olinishi kompaniya faoliyatiga taʼsir qilmaganini maʼlum qildi. “Financial Times” nashrida mavjud 2024-yilning birinchi yarmidagi moliyaviy natijalar kompaniyaning oʻsishini tasdiqlaydi.
2024-yilning birinchi yarmida “Telegram” 335 mln dollar sof foyda oldi. Bu butun 2023-yildagi 173 mln dollar zarardan keskin farq qiladi. Ushbu davrda daromad 190 foizga oʻsib, 525 mln dollarni tashkil etgan.
2024-yilning birinchi yarmida kripto-aktivlarning qiymati ham 2023-yil oxiridagi 400 mln dollardan 1,3 mlrd dollargacha koʻtarildi. Bunda “Toncoin” sotuvidan kelgan mablagʻlar “moliyaviy zaxira” yaratish imkonini bergan.
Eng qizigʻi, mablagʻlarning deyarli yarmi — 225 mln dollar nomaʼlum kompaniya bilan tuzilgan bitimga toʻgʻri kelgan. Buning natijasida “Toncoin” reklamani sotib olishning eksklyuziv usuliga aylangan. Shartnoma esa 2024-yil 1-oktyabrida bekor qilingan.
Bundan tashqari, reklama daromadi 120 mln dollar, “Premium” obunasi daromadi esa 119 mln dollargacha koʻtarildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring