Nogironligi bor shaxslar uchun “Toʻsiqsiz turizm” dasturi amalga oshiriladi

16:23 29 Iyul 2023 Jamiyat
906 0

2024-yil 1-yanvardan boshlab nogironligi boʻlgan shaxslarning sayohat qilishlari uchun qulay muhit yaratishga qaratilgan “Toʻsiqsiz turizm” dasturi amalga oshiriladi. 

Bu  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Turizm yoʻnalishidagi islohotlarni yanada jadallashtirish 
va sohada davlat boshqaruvi tizimini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarorida koʻzda tutilgan.

Dastur doirasida har yili “Sayohat barcha uchun!” loyihasi doirasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ming nafardan nogironligi boʻlgan shaxslarning respublikaning turizm 
salohiyati yuqori boʻlgan shaharlariga bepul sayohatlari tashkil qilinadi.

Shuningdek, turizm, madaniy meros, konsert-tomosha obyektlari hamda aeroport, avto va temir yoʻl vokzallarida nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun zarur infratuzilma yaratish mexanizmlari joriy qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?