Nogironligi boʻlgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning yagona roʻyxati shakllantiriladi

Foto: Illustrativ foto
Qarorga koʻra, 2023-yil 1-iyungacha nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona roʻyxati shakllantiriladi.
Mazkur roʻyxat “Advice.uz” huquqiy portaliga joylashtiriladi.
2023/2024 oʻquv yilidan “Maxsus pedagogika, defektologiya” yoʻnalishida magistratura uchun toʻliq davlat granti beriladi.
2023/2024 oʻquv yilida:
— abituriyentlar uchun moʻljallangan qabul tartibiga oid maʼlumotlar nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qulay formatda boʻladi;
— bunda videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etiladi.
Oʻqiyotgan nogironligi boʻlgan talabalarga taʼlim jarayonida koʻmaklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga boʻlish uchun sharoit yaratiladi.
Joriy yilda Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari robotlashtirilgan lokomat majmuasi va boshqa zamonaviy reabilitatsiya uskunalari bilan taʼminlanadi.
Qarorga koʻra shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Namanganda gullar festivali (fotoreportaj)
- JSST yangi halokatli pandemiyaga tayyorlanishga chaqirdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Taraqqiyotning yangi bosqichida
- Siandagi musulmonlar mahallasi (Fotoreportaj)
- Gender tenglikni taʼminlash va munosib mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring