Nobel mukofoti gʻoliblariga beriladigan pul miqdori oshirildi

00:38 25 Sentyabr 2020 Dunyo
5057 0

Foto: AP

2020-yilda Nobel mukofotlari puli miqdori oshiriladi va 10 million Shvetsiya kronasi (taxminan 1 million dollar)ga yetadi. Bu haqda Nobel fondi rahbari Lars Xeykensten maʼlum qilgan.

“Bu yil yutuqlari bizni ilhomlantiradigan va kelajakka umid baxsh etadigan laureatlarni qadrlash hamda qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, muhimdir”, degan bu qarorga izoh bergan Xeykensten.

Bu yilgi kimyo, fizika, adabiyot, tibbiyot sohalari hamda tinchlik yoʻnalishi boʻyicha laureatlarni eʼlon qilish 5-oktyabrdan boshlanadi. Gʻoliblarni taqdirlash marosimi 10-dekabr, Alfred Nobelning vafot etgan sanada boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?