Nishonda yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
Jahongir BOYMURODOV/“Xalq soʻzi”. Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
Ushbu loyiha 2023-yilning ikkinchi yarmida Xitoyning “China Gezhouba Group Overseas Investment Co. LTD” kompaniyasi tomonidan boshlangan edi. Oʻtgan vaqt davomida kompaniya quruvchilari tumanning Guliston mahallasi hududidan oʻzlari uchun ajratib berilgan 1000 gektardan ortiq adirlik bagʻrida yirik quyosh fotoelektr stansiyasini toʻliq qurib bitkazishdi.
— Kompaniyamiz quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish va ishga tushirishda katta tajribaga ega, — deydi “China Gezhouba Group Overseas Investment Co. LTD” kompaniyasining qurilish-montaj ishlari boʻyicha direktori Huang Senlin. — Buxoro, Fargʻona, Andijon, Qashqadaryoda jami 13 ta shu turdagi loyihalar amalga oshirilmoqda. Ushbu quyosh fotoelektr stansiya ularning biri hisoblanadi.
Kompaniya masʼullarining taʼkidlashicha, loyihaning umumiy qiymati 336 million dollarni tashkil etgan. Bu mablagʻ hisobiga Xitoydan 1 million donadan oshiq quyosh panellari keltirib oʻrnatilgan. Stansiya eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan boʻlib, belgilangan muddatlarda panellarni oʻzi tozalaydi. Panellar quyoshning harakatiga qarab, avtomatik ravishda oʻzgarib turadi.
Ayni vaqtda mazkur quyosh fotoelektr stansiyasi hududdagi ochiq taqsimlash qurilmasi orqali markaziy tarmoqqa ulanib, elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring